Hozirda Xitoy iqtisodiyoti haqida ajoyib bir kitob o’qiyapman. Xitoy iqtisodiyotining keskin rivojlanishining asosiy sabablaridan biri chet elda o’qib kelgan kadrlarga imkon berilishi sifatida ko’rsatilgan. Masalan, Xitoydagi aksar Telekom kompaniyalarni asosan chet elda o’qigan kadrlar tashkillashtirgan, Xitoyning asosiy Internet va investitsion kompaniyalari ham chet elda o’qigan kadrlar tomonidan qilingan.

Bizda ham qanchalik alamli bo’lmasin ta’lim tizimi zamonaviy dunyodan bir necha o’n yil orqada qoldi, hozir aksar Oliy ta’lim dargohlari bizda ta’lim jo’shqin va sifatli olib borilayotganini ko’rsatadigan spektaklga o’xshab qoldi. Domlalar, rahbariyat, talabalar ham o’z rollarini o’ynab berishyapti shunchaki.

Shuning uchun ham chet elda o’qigan yoki o’qiyotgan kadrlarimizga kengroq imkon berish kelajagimiz uchun juda muhim. E’tibor bersak hozirgi kunda ham hukumatda eng oldi va eng ochiq fikrli amaldorlar chet tillarini zo’r biladigan, chetda o’qigan kadrlar. Mening fikrimcha bunday kadrlar sonini ko’payishi, kelajakda chet elda o’qigan kadrlarga yanada ko’proq imkon berilishi biz uchun juda muhim.

Xitoyda iqtisodiy o’sish kitobidan Bahodir tayyorladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan