Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi natriy xlorid (osh tuzi)ni koronavirus profilaktikasi uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga kiritdi.

Rossiya SSV tavsiyasiga ko‘ra, osh tuzidan tayyorlangan izotonik eritma bilan burun shilliq qavatini chayish mumkin. Bu, mutaxassislar ta’kidlaganidek, yuqumli kasalliklarning bakterial va virusli patogenlari sonini kamaytiradi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, koronavirusdan himoyalanishning eng ma’qul chorasi – shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishdir. Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvish, bir martalik tibbiy niqoblarni har ikki soatda almashtirib turish yodingizdan chiqmasin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan