IT Park pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha IT-yechimlar uchun «COVID-19 Challenge 2020» tanlovini ishga tushirmoqda. Uning maqsadi – COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish uchun innovatsion vosita va yechimlarni barpo etishdan iborat. Ushbu yechimlar tezlik bilan tarqalishi va istiqbolda umummilliy miqyosni qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

Tanlov 8 ta yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi. Ishtirokchilar bilan mentorlar jamoasi birgalikda ishlaydi. Ular, shuningdek, faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha va loyiha jamoalari o‘rtasida qayta aloqa borasida ekspertlar sifatida ham xizmat qiladi. Kamida 5 ta loyiha bo‘yicha taklif qilinayotgan texnologik yechimlarni sinovdan o‘tkazish va kelgusida joriy qilish uchun hamkorlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 10000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ ajratiladi. Ishtirokchilarga bo‘lgan talablar, tanlov qoidalari va qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi havola orqali o‘tish lozim bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan