Farg‘onada ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida transport vositalari harakati cheklangan edi.

Infeksiya bo‘yicha statistika ijobiy tomonga o‘zgarishi bilan ushbu cheklovlar sekinlik bilan yumshatilmoqda. 

Jumladan, 4-may sanasidan boshlab Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi.

Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan