Dunyodagi eng yirik aysberg parchalanishni boshladi
Foto: «Rambler»

Dunyodagi eng yirik A-68 aysbergidan 175 kvadrat kilometrga teng bo‘lak ajralib chiqdi. «Sentinel-1» yo‘ldoshidan olingan suratlarni o‘rgangan Suonsi universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

«Taxminimizcha, aysbergning muqarrar parchalanish jarayoni boshlangan, ammo keyingi bo‘laklarni ko‘rishimiz uchun yillar kerak», — deyishgan olimlar.

Ta’kidlanishicha, ushbu aysberg (A-68)ning o‘zi Larsen muzligidan 2017-yil iyul oyida ajralib chiqqan bo‘lib, o‘sha payti maydoni 5,8 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lgan.

Solishtirish uchun: o‘zimizning Sirdaryo viloyati hududi — 5,1 ming kvadrat kilometr.

Ayni paytda A-68 Janubiy Atlantika tomonga ketmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan